Jahon | 07:31 / 09.10.2025
14311
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik ekspert Su-57 va F-35 qiruvchi samolyotlarini taqqosladi

Rossiyaning beshinchi avlodi Su-57 qiruvchi samolyoti Amerikaning F-35 Lightning II samolyotini ortda qoldirish imkoniyatiga ega, biroq uning afzalliklarini ro‘yobga chiqarish uchun yetarlicha seriyali ishlab chiqarish tezligi zarur, deydi The National Interest sharhlovchisi Xarrison Kass.

Foto: RT India

Nashr muallifining ta’kidlashicha, Su-57 Amerikaning beshinchi avlod qiruvchi samolyotlari — F-22 Raptor va F-35 Lightning II'ning ma’lum xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Yuzaki o‘xshashliklariga qaramay, samolyotlarni loyihalash bo‘yicha rus va amerika yondashuvlari o‘zining doktrinasi va rivojlanish falsafasida sezilarli darajada farq qiladi.

The National Interest nashrining yozishicha, Su-57 nazariy jihatdan F-22'ning yashirinligi, F-35'ning ko‘p qirraliligi va Su-35ning manyovr qobiliyatini birlashtiradi. Biroq, yashirin texnologiya nuqtai nazaridan, Rossiya qiruvchisi Amerikanikiga yutqazishi mumkin. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, bu ehtimoliy kechikish ilg‘or radioelektron kurash tizimlari va supermanyovrni ta’minlaydigan ajoyib aerodinamika bilan qoplanadi.

Su-57 o‘zining tortish vektorli dvigatellari tufayli ko‘pchilik G‘arb samolyotlari qila olmaydigan manyovrlarni amalga oshirishga qodir, bu uni ayniqsa yaqin havo jangida samarali qiladi. Biroq, Xarrison Kass ta’kidlaganidek, G‘arb uzoq vaqtdan beri uzoq masofali janglarga e’tibor qaratib, uchuvchilarni yaqin aloqadan qochishga o‘rgatadi.

Su-57 uchun asosiy cheklov uning past ishlab chiqarish darajasi bo‘lib qolmoqda: Rossiya Havo-kosmik kuchlari hozirda 1000 dan ortiq F-35 samolyotlariga ega bo‘lgan Qo‘shma Shtatlardan farqli o‘laroq, ushbu samolyotlarning oz soniga ega.

Mavzuga oid