AQŞ dengiz flotiga tegişli F-35 jangovar samolyoti çorşanba kuni Kaliforniyaning markaziy qismida, "Lemoore" dengiz-havo bazasi yaqinida qulab tuşdi. Bu haqda Qöşma Ştatlar dengiz floti bayonotiga tayanib CNN naşri xabar bermoqda.
Bayonotga köra, pilot özini katapulta qilib omon qoldi, 18:30 atrofida yuz bergan halokat sabablari böyiça tekşiruv boşlangan.
Voqe joyidan olingan videolarda samolyot qulagan hududda alanga va qalin qora tutun kötarilayotgani körinadi. Samolyot "Lemoore" bazasi yaqinidagi tekis oçiq dalalarga qulagan. Bu joy Fresno şahridan 64 km janubi-ğarbda joylaşgan.
Fresno okrugi şerifi ofisi xabariga köra, mahalliy tez tibbiy yordam xizmati hodisa joyiga yetib kelib pilotga yordam bergan. Şuningdek, Kaliforniya yonğin xizmati ham voqea joyiga yetib borgan.
Ma’lum qilinişiça, samolyot AQŞ dengiz flotining VF-125 zarba jangovar eskadroniga biriktirilgan edi. Halokatga uçragan samolyot F-35 Lightning II'ning uç variantidan biri – F-35C bölib, u AQŞ aviatsiya taşuvlarida foydalaniş uçun möljallangan.

Taxminan 100 million dollar turadigan bu samolyotning qulaşi şu yil içidagi ikkinçi F-35 halokati böldi. Joriy yil yanvar oyida Alyaskadagi havo bazasida öquv parvozi paytida AQŞ havo kuçlariga tegişli F-35A halokatga uçragan va öşa hodisada ham pilot omon qolgan edi.
F-35 – AQŞ harbiy-havo kuçlarining asosiy tayanç qismlaridan biri bölib, beşinçi avlod jangovar samolyoti va dunyodagi ilğor harbiy uçiş apparatlaridan biri hisoblanadi.
Lockheed Martin tomonidan işlab çiqarilgan bu samolyot radarlardan yaşiriniş (stealth) va jangovar imkoniyatlari bilan yuqori baholanadi. Biroq sönggi yillarda F-35 texnik xizmat körsatiş va jangovar şaylik bilan boğliq muammolar tufayli köproq tanqidga uçramoqda.

















