Agar sotuv amalga oşsa, bu AQŞ siyosatida sezilarli buriliş böladi, Yaqin Şarqdagi harbiy muvozanatni özgartirişi mumkin.
Pentagonning siyosat bölimi uşbu bitim ustida bir neça oy işlagan va iş hozirda Mudofaa vazirligining kotib darajasiga yetgan, dedi amaldorlardan biri anonim tarzda Reutersʼga.
Pentagon, Oq uy va Davlat departamenti hozirça uşbu kelişuvlar böyiça izoh bermadi. «Lockheed Martin» kompaniyasi vakili esa, bunday harbiy bitimlar «hukumatdan-hukumatga» amalga oşirilişi bois, masalaga rasmiy Vaşington javob berişi kerakligini bildirdi.
Yaqinda rejalaştirilgan – valiahd şahzoda Muhammad bin Salmonning AQŞga taşrifida bu masala asosiy muhokama mavzularidan biri bölişi kutilmoqda.
Isroilning «harbiy ustunligi» yöqoladimi?
AQŞ Yaqin Şarqqa qurol sotişda – Isroilning «sifatli harbiy ustunligi»ni saqlab qolişni kafolatlaydigan yondaşuvni qöllaydi. Bu tamoyilga köra, Isroil mintaqadagi arab davlatlaridan doimo texnologik jihatdan ustunroq AQŞ qurollarini oladi.
F-35 — duşman radaridan yaşirinib uçiş imkonini beruvçi «stels» texnologiyasi bilan yaratilgan va dunyodagi eng ilğor qiruvçi samolyot sifatida qaraladi. Isroil uşbu samolyotni qariyb ön yildan beri ekspluatatsiya qilib keladi va bir neçta eskadrilyalarni şakllantirgan. U hozirça bu qurol tizimiga ega bölgan yagona Yaqin Şarq davlati hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni esa AQŞ qurollarining eng yirik xaridori. Qirollik bir neça yildan beri F-35 samolyotlarini olişga urinmoqda, bu orqali havo kuçlarini modernizatsiya qilmoqçi. Bundan taşqari, Saudiya ayniqsa Eronni özi uçun tahdidlar qatorida körib keladi.
F-35ʼning narxlari turliça. Uning oddiy universal (A) va dengiz floti (C Lightning II) uçun ajratilgan eng qimmat versiyalari bor.

Odatda bunday qurilmalarni birinçi marta olayotgan davlatlar: samolyot uçuvçilarini öqitiş, unga texnik xizmat körsatiş, ehtiyot qismlar va qurol tizimlari bilan ta’minlaşni ham kelişuvlar qatoriga kiritadi. Bunday holatlarda bitta F-35 uçun narx 150 million dollargaça aylanadi.














