O‘zbekiston | 18:54 / 04.12.2025
12618
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi

Loyiha 122 million dollarga baholangan.

Foto: The Wall Street Journal

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida kelgusi yilda xitoylik hamkorlar bilan avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha 122 million dollarlik loyiha ishga tushadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yaqinda Qozog‘iston bilan Sirdaryo tumanidagi Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markaziga start berildi. Ushbu markaz hududida 300 million dollarlik 14 ta sanoat korxonasi kelasi yil 1-chorak yakunida ish boshlaydi, 2026 yilda yana 720 million dollarlik 40 ta yangi loyihalar joylashtiriladi.

Qayd qilinishicha, so‘nggi yillarda viloyatda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda ishga tushirilgan 500 million dollarlik 31 ta korxonada 5 ming aholi yuqori daromadli ishlarda mehnat qilyapti. Xitoylik hamkorlar bilan yana 700 million dollarlik 40 ta loyiha bo‘yicha ishlar jadal ketmoqda.

Yangiyer, Guliston va Shirin shaharlari, Sirdaryo, Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Xovos hisobidan Sirdaryo erkin sanoat zonasi hududini 1 ming 80 gektarga kengaytirildi.

Endi sanoat zonasining har bir qarich yerida faqat va faqat yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan loyihalarning joylashishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid