Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
11 martdan 31 maygacha Amudaryo va Sirdaryoda, 26 apreldan 10 iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlashga taqiq qo‘yilgan. Boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16 apreldan 31 maygacha baliq ovlash taqiqlangan.
Foto: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi, Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi, Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida huquqbuzarlar Sh. J. va S. X. tomonidan Sayxunobod tumani «Farovon» MFY hududida «Sho‘razak» zovuridan noqonuniy ov quroli, ya’ni elektr qarmoq yordamida 46 dona baliq ovlanganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy ovlangan baliqlar hamda ov qurollari olib qo‘yildi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining ta’kidlashicha, huquqbuzarlik natijasida tabiatga 519 million 120 ming so‘m zarar yetkazilgan. To‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Ma’lumot uchun, 11 martdan 31 maygacha Amudaryo va Sirdaryoda, 26 apreldan 10 iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlashga taqiq qo‘yildi. Shuningdek, boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16 apreldan 31 maygacha baliq ovlash taqiqlangan.
Mavzuga oid
20:17 / 08.03.2026
Farg‘onada 90 tup tol noqonuniy kesildi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
13:06 / 05.03.2026
Chirchiq daryosi sohilida tozalash ishlari boshlandi
11:38 / 05.03.2026