Jamiyat | 19:41 / 06.06.2018
9152
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Toshkentdagi yana 3 masjidda xatmona yakunlanadi

Bugun, 6 iyun, Muborak Ramazon oyining 21-kunidir. Toshkent shahridagi bir necha jome masjidlarda bu kecha Qur'oni Karim xatmonasi ya'ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati xabar berishicha, bugun Toshkent shahridagi uchta masjidda Qur'oni Karim xatmonasi yakuniga yetadi:

1. “Minor” jome masjidi.
(Manzil: Yunusobod tumani, Minor mahallasi Minor berk ko‘chasi 1-uy. Tel. :+998 71 235 17 33, +998 71 234 77 74, +998 90 355 55 21. Masjid rasmiy veb-sayti: www.minor.uz)
Masjid imom-xatibi: Tursunov Anvar qori
Qorilar: Nematov Jahongir To‘lqinovich, Qobulov Abdulbosit Badriddinovich

2. “Avayxon” jome masjidi.
(Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi 87a uy. Tel.: +998 71 265 66 26, +97 771-95-33)
Masjid imom-xatibi: Xoliqov Aliqul
Qorilar: Shukrullayev Muxammad Alixon Xayrulloh o‘g‘li, Shukrullayev Omilxon Xayrulloh o‘g‘li

3. “Oqqo‘rg‘on” masjidi.
(Mirzo Ulug‘bek tumani, “Oqqo‘rg‘on” mahallasi, Oydinko‘l ko‘chasi 29-uy. Tel.: +998 93 595-74-03, +998 91 162-60-42)
Masjid imom-xatibi: Aysakov Fayzirahmon
Qorilar: Boborahimov Fazliddin Nizomiddinovich

Mavzuga oid