O‘zbekiston | 11:17 / 02.11.2018
10246
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Ipak yo‘li” banki avtomatlashtirilgan valyuta almashtirish punktlari tarmog‘ini kengaytiradi

Foto: Ipak yo‘li

“Ipak Yo‘li” banki O‘zbekiston aholisi va mehmonlariga bank xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620 sonli “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida kun-u tun rejimida ishlovchi xorijiy valyutani yechish va valyuta ayirboshlashni amalga oshiradigan bankomatlar tarmog‘i tashkil etilishini ta'minladi. 

 
Foto: Ipak yo‘li

“Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki tomonidan birinchi bosqichda umumiy ovqatlanish joylarida, mehmonxonalarda, turistlar ko‘p keladigan savdo-ko‘ngilochar markazlarida 50 ta bankomat o‘rnatildi. Ushbu bosqichda bankomatlar horijiy valyutani so‘mga ayirboshlash bilan bir qatorda milliy Uzcard va xalqaro Visa plastik kartalariga ham xizmat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, mazkur bankomatlarda to‘lov kartasi pin-kodini almashtirish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Ipak yo‘li

Bankomatlarning bir qismi bankomat shoxobchalari shaklida “Ipak Yo‘li” bankining bosh ofisi, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Sag‘bon filiallari yonida o‘rnatildi. Yaqin vaqt ichida bunday bankomat shoxobchalari bankning barcha filiallarida ochiladi.

1 noyabrdan ikkinchi bosqich boshlanib, uning doirasida yana 150 ta bankomatni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bankomatlar sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylarda, shu jumladan, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti terminallarida joylashtiriladi. Amalga oshiriladigan ishlar natijasida avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tarmog‘i 200 tagacha kengayadi va “Ipak Yo‘li” banki filiallari mavjud bo‘lgan barcha viloyatlarni qamrab oladi.

Foto: Ipak yo‘li

- Yangi bankomatlarning asosiy afzalliklaridan biri milliy va xorijiy valyutadagi naqd pulni yechib olish bilan bir qatorda xorijiy valyutani so‘mga naqd shaklda ayirboshlash imkoniyati hisoblanadi. Xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan ayirboshlash kursi bank tomonidan belgilanadi. Bunda xorijiy valyutani ayirboshlaganlik uchun vositachilik haqi olinmaydi, - deb ta'kidladi “Ipak Yo‘li” bankining chakana biznes departamenti boshlig‘i Ulug‘bek Tavakkalov. - Bundan tashqari, ikki oy davomida bankomatlar  kartalarga pul tushirish funksiyalari bilan to‘ldiriladi va Master Card hamda Union Pay xalqaro to‘lov tizimi kartalariga ham xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Shuningdek, kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi PayWave funksiyasi ham amalga oshiriladi.

Foto: Ipak yo‘li

Bundan tashqari, bank tomonidan turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi savdo-servis korxonalarini terminallar bilan jihozlash bo‘yicha ish olib boriladi.

Yana bir yangilik, bankomat va POS-terminallar geolokatsiyasining elektron kartada aks ettirilishi bo‘lib, bu mijozlarga bank veb-sayti va Ipak Yuli Mobile mobil ilovasi orqali eng yaqin xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tez topish imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid