Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxsan birlamchi hisobvaraq ochilgandan keyin onlayn rejimida bank omonati ochishga ruxsat beriladi
Foto: Shutterstock
Tegishli o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2711-1, 2018 yil 26 yanvar) kiritildi, deb yozmoqda Norma.uz.
Eslatib o‘tamiz, endi banklar mijozlari mobil ilovalar yoki shaxsiy kabinet orqali real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyati bilan barcha depozit operatsiyalarini, shu jumladan bank omonatlari bo‘yicha depozit operatsiyalarini o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
Mijozlar (jismoniy shaxslar) masofadan bank omonatlari ochish va boshqa bank omonatlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish imkoniyatiga egalar, basharti ular tomonidan shu bankda birlamchi hisobvaraq ochilgan va bir marta hisobvaraq ochish uchun ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa.
Masofali rejimda qo‘shimcha depozit hisobvaraq ochish uchun jismoniy shaxsga elektron raqamli imzo shart emas.
Hozirgi vaqtda barcha tijorat banklari jismoniy shaxslar uchun masofadan bank xizmatlari ko‘rsatish tizimini (shu jumladan mobil ilovalar ham) joriy etishni boshladi. Shuningdek, bank hisobvaraqlariga masofadan va kontaktsiz xizmat ko‘rsatish («bank-kliyent», «internet-banking», «mobil bank», «CMC-banking») bo‘yicha xizmatlar taqdim etish tizimi takomillashtirilmoqda.
Mavzuga oid
17:42 / 30.12.2025
Prezident topshirig‘i bilan 8 ming nafardan ortiq bolaga 500 dollarlik omonat hisobraqamlar ochildi
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
08:51 / 29.11.2024