Özbekistonda 8 ming nafardan ortiq bolaga omonat depozit hisobraqamlari oçildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, “Prezident arçasi” tadbirlarida an’anaviy yangi yil sovğalariga qöşimça ravişda, bolalar uçun omonat depozit hisobraqamlarini oçiş töğrisida qaror qabul qilingan. 17 yoşgaça bölgan 8 ming nafardan ortiq yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun omonat depozit hisobraqamlari oçilgan.

Har bir bunday hisobraqamga davlat tomonidan 500 dollar miqdorida mablağ joylaştirilgan. Uşbu mablağlar yildan yilga kapitalizatsiya hisobiga jamğarib boriladi. Bola 18 yoşga tölgaç, uşbu mablağlardan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi.

9 yoşdan yuqori bölgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berilgan. Bu qulaylik, xavfsizlik va şaffoflikni ta’minlaş maqsadida amalga oşirilgan. Ijtimoiy kartalar orqali jamoat transportidan imtiyozli şaroitlarda foydalaniş, xaridlar va xizmatlar uçun tölovlarni amalga oşiriş, şaxsni tasdiqlaş, şuningdek, ijtimoiy yordam va xizmatlarni oliş huquqini tasdiqlaş mumkin. Barça operatsiyalarni Baraka mobil ilovasi orqali kuzatib va nazorat qilib borsa böladi.

Uşbu qöllab-quvvatlaş davlat ğamxörligiga alohida muhtoj bölgan bolalar uçun möljallangan:

  • mahallalarda istiqomat qiluvçi yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar;
  • mehribonlik uylari, oilaviy va kiçik hajmli bolalar uylari hamda SOS bolalar qişloqlari tarbiyalanuvçilari;
  • ota-onalari vatan sarhadlarini himoya qiliş çoğida halok bölgan bolalar;
  • “Taskin” bolalar hospisi huzuridagi bolalar onkologiya şifoxonasida davolanayotgan bolalar.

“Taskin” bolalar hospisida davolanayotgan bolalar uçun alohida tartib ham belgilangan. Ya’ni depozit hisobraqamidagi mablağlar zaruratga köra va qonuniy vakillar murojaati asosida istalgan vaqtda bank kartasiga ötkazilişi mumkin böladi.