O‘zbekiston | 15:40 / 16.05.2026
9586
2 daqiqa o‘qiladi

Hayit munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam bo‘ladi

Haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 27–31 may dam olish kunlari bo‘ladi.

Foto: Shutterstock

2026 yilda Qurbon hayiti 27 may, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

Demak, 2025 yil 24 dekabr kuni imzolangan prezident farmonida belgilangan sanalardan kelib chiqilsa, 27 maydan boshlab barcha xodimlar 5 kun dam olishadi.

Farmon bilan, 28–29 may (payshanba–juma) kunlari barcha uchun qo‘shimcha dam olish kunlari, 30 may, shanba kuni esa 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan.

Natijada oy oxirida ish haftasi turidan qat’i nazar hamma ketma-ket 5 kun dam oladi:

  • 27 may, chorshanba – Qurbon hayiti;
  • 28 may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 29 may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 30 may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun odatiy dam olish kuni;
  • 31 may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.
Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram-kanalidan olingan surat

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning hisoblashicha, 2026 yil may oyida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 14 kun, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar esa 10 kun dam oladi.

Bu – so‘nggi yillardagi eng ko‘p dam olish kunlaridan iborat bo‘lgan oy. Yaqin yillarda bunaqasi bo‘lganini eslolmayman”, – deydi u.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid