Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkordan pora olgan soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i ushlandi
Illyustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasidan olingan xabarga ko‘ra, shu yilning 4 iyul kuni xususiy tadbirkor X.X. Namangan viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limiga murojaat qilib, unda 2013 yildan Chust shahri, Do‘zanda MFYda savdo do‘koni ochib faoliyat yuritishi, 2018 yil 3 iyul kuni savdo do‘koniga tuman Davlat soliq idorasi rahbar xodimlari G‘.B. va T.N.lar kelishib, savdo do‘konini soliq xodimlari tekshirmasliklari evaziga 300 AQSh dollari berishini talab qilganliklarini ma'lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur arizaga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Namangan viloyati prokuraturasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Chust tumani Davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi T.N. tuman DSI binosida fuqaro X.X.dan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.N. qamoqqa olingan. Shuningdek, uning jinoiy sheriklariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:41 / 24.12.2025
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
08:20 / 22.12.2025