Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 18 noyabr kuni harbiylarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi
Tadbir Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlanadi. Ayrim ko‘chalarda soat 15:00 dan soat 17:00 gacha transport vositalari harakati cheklanadi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan 18 noyabr kuni Toshkentning asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi.
Yurish “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida soat 15:00 da ko‘rgazmali chiqishlar bilan boshlanadi.
Harbiylar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) – “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi (O‘zbeksiton shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chasi) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi.
“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi maydonida harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning defile namoyishi ijro etiladi.

Tantanali yurish sababli 18 noyabr kuni ayrim ko‘chalarda soat 15:00 dan soat 17:00 gacha transport vositalari harakati cheklanadi:
- Qoraqamish – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KXAY – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Zarqaynar – Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan, Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar – Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Zarqaynar – Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat – Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Furqat – Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat – Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
18:36 / 13.01.2026
Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
18:31 / 28.08.2025