Toshkentda muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi
Majmua 2025 yildagi O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida barpo etiladi.
“Xokkey sport turini rivojlantirish va ommalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar xokkey sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- yoshlarni xokkey sport turiga qiziqishini oshirish, bu boradagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, ularning mazkur sport turi bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish;
- xokkey sport turi bo‘yicha terma jamoalar va sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish;
- xokkey sport turi bo‘yicha sport infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga muvofiqlashtirish;
- xokkey sport turi bo‘yicha malakali trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish;
- xokkey sport turini rivojlantirish maqsadida chet ellik mutaxassislar, trener va sportchilarni jalb etish hamda ular bilan xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish;
- ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda xokkey sport turi targ‘ib qilish hamda bu jarayonda axborot va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni yanada kengaytirish.
Sport vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda O‘zbekiston xokkey federatsiyasi bilan birgalikda:
a) 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat xokkey ta’lim yo‘nalishiga qabul qilish kvotalarini haqiqiy ehtiyojlardan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish;
b) 2025 yildan boshlab har yili:
xokkey sport turi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va xorijlik mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va anjumanlar o‘tkazib borish;
universitetning bakalavriat xokkey ta’lim yo‘nalishi talabalarining xokkey klublari sport bazalarida diplomoldi amaliyotini tashkil etib borish choralarini ko‘radi.
Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston xokkey federatsiyasining:
- innovatsion texnologiyalarga asoslangan, qimmat bo‘lmagan va energiya tejovchi materiallardan zamonaviy muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasini barpo etish va foydalanishga topshirish;
- majmuani O‘zbekiston xokkey federatsiyasiga ishonchli boshqaruvga berish va ishonchli boshqaruv davrida majmuani saqlash xarajatlarini O‘zbekiston xokkey federatsiyasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
Belgilanishicha:
- majmua 2025 yildagi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida barpo etiladi;
- majmua qurib bitkazilgandan so‘ng operativ boshqaruv huquqi asosida Sport vazirligiga o‘tkaziladi hamda O‘zbekiston xokkey federatsiyasiga 49 yil muddatga ishonchli boshqaruvga beriladi;
- majmua xokkey sport turi bo‘yicha terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish va sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston xokkey federatsiyasining asosiy bazasi hisoblanadi.
Toshkent shahar hokimligi Sport vazirligi va O‘zbekiston xokkey federatsiyasi bilan birgalikda majmuani barpo etish uchun Toshkent shahri hududidan zarur yer uchastkasi ajratilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
15:25 / 21.11.2024
Hatto sport yordam bermasligi mumkin: uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshirishi aniqlandi
14:36 / 07.11.2024
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi
20:22 / 21.10.2024
Yengil kasalliklarni dori bilan davolashga o‘rganib qolishning oldi olinadi
20:31 / 20.09.2024