Yiğilişda qayd etilganidek, aholining ommaviy sport bilan qamrovi 15 millionga yetdi, sport bilan doimiy şuğullanuvçilarning soni sönggi yillarda qariyb 1,5 barobarga oşdi. Yiğilişda jahon universiadasi, Yoşlar öyinlari, Islom birdamligi musobaqasi, Yoşlar Paraosiyo öyinlari, futbol va şaxmatdagi yutuqlar sanab ötildi.

Şu bilan birga, bu natijalar bilan çeklanib qolmaslik, mavjud imkoniyatlar va yaratilgan şaroitlardan töliq foydalaniş zarurligi ta’kidlandi. Ayrim sport turlari böyiça natijalar hali mavjud infratuzilma va salohiyatga töliq mos kelmayotgani körsatib ötildi. Eng avvalo, ommaviy sport bilan şuğullanuvçilarning sonini yaqin istiqbolda 17 million nafarga yetkaziş zarurligi qayd etildi.

Xalqaro sport öyinlari va olimpiadalar uçun munosib zaxira yaratiş maqsadida taşkil etilgan Prezident Olimpiadasi orqali oçiq va şaffof seleksiya tizimini yölga qöyişni davom ettiriş muhim ekani körsatib ötildi. Endi musobaqalarni yiliga 2 marta ötkaziş va hududlarda 13-14 yoş toifasida taşkil etiş, sport turlarining sonini bosqiçma-bosqiç 20 taga yetkaziş topşirildi.

Ta’kidlanişiça, yangi Olimpiya şaharçasiga 17 ta olimpiya sport federatsiyasi va boşqa sport taşkilotlari köçib ötgan. Endi uşbu majmualar özbek sportining milliy timsoli va yagona klasteriga aylanişi lozimligi ta’kidlandi.

Sport sohasini yanada rivojlantirişda ilmiy yondaşuvni kuçaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, yuqori sport natijalariga erişiş nafaqat infratuzilma va musobaqalar, balki sport fanining barça yönalişlarini tizimli rivojlantiriş bilan bevosita boğliq.

Bu borada sport farmakologiyasi, diyetologiya, funksional va jismoniy tayyorgarlik, reabilitatsiya hamda yuklamalarni individual rejalaştiriş böyiça zamonaviy yondaşuvlarni amaliyotga keng joriy etiş vazifalari belgilandi. Ilmiy-tadqiqot işlarini faollaştiriş, sport sohasidagi ilğor işlanmalar va sönggi tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etiş, şuningdek, milliy va xalqaro darajada ilmiy anjumanlar va konferensiyalar ötkaziş orqali tajriba almaşinuvini kuçaytiriş muhim ekani ta’kidlandi.

Şu bilan birga, sport sohasini rivojlantirişga xususiy sektor va investorlarni keng jalb etiş, sport infratuzilmasi, tayyorgarlik markazlari va sport xizmatlari bozorida investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş kerakligi aytildi.