Odatda, ortiqça vaznni faqat notöğri ovqatlaniş yoki kam harakat bilan boğlaymiz. Ammo amaliy tahlillar şuni körsatadiki, ba’zan odamlar barça qoidalarga amal qilsa ham vazn ketmaydi. Bunday holatda muammo notöğri turmuş tarzi emas, organizmdagi gormonal jarayonlar bilan boğliq bölişi mumkin. Mutaxassislar ortiqça vazn bilan kuraşişda uzoq davom etuvçi stress va menopauza davridagi gormonal özgarişlarga alohida e’tibor qaratişni tavsiya etadi.
Stress ta’sirida töplanadigan yoğ
Ehtimol, stress ozişning eng katta duşmani ekanini eşitgansiz. Kortizol buyrak usti bezlari işlab çiqaradigan gormon bölib, organizmning noqulay şaroitlarga moslaşuvida juda muhim rol öynaydi. U insulin ta’siriga qarşi işlaydi va qondagi glyukoza miqdorini oşiradi, negaki organizmga xavfdan qoçiş yoki kuraşiş uçun energiya kerak degan signal yuboriladi.
Kortizol murakkab vaziyatlarda yaxşi işlaydi va bizni harakatga safarbar qiladi. Ammo stress haftalab davom etsa va kortizol darajasi normaga qaytmasa, vaziyat özgaradi. Bunda doimiy oçlik hissi paydo böladi, yoğli va şirin ovqat yeyişga kuçli istak tuğiladi, göyoki organizm özini energiya bilan ta’minlamoqçidek böladi. Buning sababi esa uzoq vaqt saqlanib turgan yuqori kortizol darajasi miya oçlik hissini şakllantiradigan neyropeptid Y miqdorini oşiradi.
Şuningdek, kortizol insulin ta’siriga qarşi işlagani sababli, insulinrezistentlik rivojlanişiga olib keladi. Stress gormoni qondagi şakarni oşirişga yönaltirilgan, insulin esa ortiqça glyukozani hujayralarga kiritişga harakat qiladi. Stress şaroitida organizm insulin “buyruqlarini” eşitmaydi va hujayralar yetarli energiya olmaydi. Oqibatda ortiqça şakar yoğ körinişida aynan kortizolga eng sezgir joy – qorin sohasida töplanadi va “qorin halqasi” hosil böladi.
“Kortizolli qorin”ni qanday aniqlaş mumkin?
- Ayollarda bel aylanasining 80 sm dan, erkaklarda 94 sm dan katta bölişi;
- Qon, sölak yoki siydik tahlillarida kortizol darajasi yuqori çiqişi;
- Yuqori kortizolga xos boşqa belgilar: arterial bosim oşişi, töq rangli striyalar, uyqu muammolari;
- Uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan stress.
Bunday holatda qorin barça urinişlarga qaramay kiçraymaydi.
Menopauza va vazn ortişi
















