Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ayanchli YTH: 3 nafar o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi
Tataristonning Zayinsk tumanidagi trassada Nexia noma’lum sababga ko‘ra qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Zarb kuchidan yengil mashina deformatsiyaga uchrab, haydovchi va yo‘lovchilar voqea joyida halok bo‘ldi. Qozondagi Bosh konsulxona ular O‘zbekiston fuqarosi ekanini tasdiqladi.
Foto: Tatariston prokuraturasi
5 sentabr kuni Tataristonning Zayinsk tumanida yuz bergan YTH natijada uch kishi halok bo‘ldi. Kun.uz manbalariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
Tatariston prokuraturasi yo‘l-transport hodisasi Naberejniy Chelny–Olmetevsk yo‘lining 38-kilometrida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Nexia yengil avtomobili noma’lum sababga ko‘ra qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, MAN yuk mashinasi bilan yuzma-yuz to‘qnashgan.

«Zarb kuchi shunchalik kuchli bo‘lganki, yengil mashina deformatsiyaga uchrab, temir massasiga aylangan. Avtomobil haydovchisi va ikki yo‘lovchi olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan», deyiladi mahalliy OAVlar tarqatgan xabarda.
Hodisa yuzasidan hozirda tergov ishlari olib borilmoqda. Prokuratura jarayonni o‘z nazoratiga olgan.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi konsulligi YTH natijasida O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi voqea joyida vafot etganini tasdiqladi.
«Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olinib, zarur jarayonlari tugatilganidan so‘ng jasadlarni Migratsiya agentligi hisobidan O‘zbekistonga yuborish rejalashtirilgan”, deyiladi konsulxona Kun.uz'ga taqdim qilgan ma’lumotda.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH oqibatida 35, 33 va 30 yoshli, asli Namangan viloyatida yashovchi yosh yigitlar vafot etgan. Kun.uz marhumlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.


Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026