Xorazmda yana bir IIB xodimi mast holda maşina boşqarib, döstining ölimiga sababçi böldi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Töy oldidan ziyofat
Sud hukmiga köra, 30 yoşli D.Yu. Urganç şahar IIB JXX HPB profilaktika kiçik inspektori vazifasida işlab kelgan. 2025 yil 23 dekabr kuni Cobalt maşinasida dösti töy boşlagani sababi bilan taşkillaştirgan ziyofatga borgan.
Döstlar ziyofatda spirtli içimlik iste’mol qilgan. Jumladan, D.Yu. ham aroq içgan. Ulfatçilikdan söng dösti X.F. uyiga olib borib qöyişni iltimos qilgan.
Şu tariqa, D.Yu. orqa örindiqqa X.F.ni, old örindiqqa yana bir döstini yölovçi sifatida mindirib, mast holda maşinasini boşqarib ketgan.
“120 tezlikda haydadi”
D.Yu. yölda boşqaruvni yöqotgan va Cobalt yöl çetidagi beton tösiqqa borib urilgan. Oqibatda maşinaning orqa örindiğida bölgan X.F. oğir tan jarohati olib, şifoxonada vafot etgan.
Maşinaning old örindiğida bölgan guvoh sudda şunday körsatma bergan:
“Ziyofatda spirtli içimlik içdik. D. aroqni töldirib quyib berişni aytdi. Ziyofat yakunlanib, D. uyiga ketmoqçi böldi. X. şu paytda D. bilan ketişini, uyiga borib kelmasa bölmasligini bildirdi. D.ga maşinani u haydasa minmasligimni aytdim. Şunday bölsa ham D. maşinani heç kimga bermadi.
D. yölda tezlikni oşirdi. Unga sekinroq hayda, dedim. Kiçik yölda 120 km/soat tezlikda harakatlandi. Birinçi çuqurga tuşganimizda maşina qalqib ketdi. Şunda ham u tezlikni pasaytirmadi. Ikkinçi çuqurda esa maşina beton tösiqqa urilib, ağdarildi. Men oynani sindirib, taşqariga çiqdim”.
“Aybimga iqrorman”
D.Yu. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan. U yölda çuqurga tuşib, boşqaruvni yöqotganini ma’lum qilgan.
“Hodisa sodir bölgan vaqtda maşina tezligi 70-80 km/soat edi. X.F. şifoxonada vafot etdi. Bölib ötgan hodisadan keyin marhumning uyiga borib, oilasidan xabar olib turdim”, degan u sudda.
D.Yu. qilgan işidan puşaymonlik bildirib, suddan yengillik söragan.












