17 avgustdan masjidlar ochiladi, hozircha juma namozlariga ruxsat yo‘q
O‘zbekistonda masjidlar bosqichma-bosqich yana faoliyat ko‘rsata boshlaydi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 17 avgustdan diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Shu bilan birgalikda, masjidlarda hozircha juma namozlari o‘qilishi boshlanmaydi.
«17 avgustdan diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat'iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta'minlagan holda) ruxsat beriladi. Bunda, diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi», deyiladi komissiya axborotida.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan e'tiboran 1 avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilgan edi. Keyinroq Maxsus komissiyaning 26 iyuldagi qaror bilan karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirilgandi.
Mavzuga oid
17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda
07:25 / 13.06.2024
Toshkentda masjidlar atrofidagi yo‘llarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
13:06 / 10.05.2024
YHXX masjidlar atrofida jamoat tartibini saqlash maqsadida qator tavsiyalar bilan chiqdi
11:47 / 03.04.2024