Masjid majmuasining umumiy maydoni 7 gektardan ziyodni taşkil etadi. U bir vaqtning özida 5 mingdan ortiq namozxonni qabul qiliş imkoniyatiga ega. Muhtaşam ansambl törtta 70 metrlik minora, uç qavatli asosiy bino, keng namoz zallari va an’anaviy ayvonlarni öz içiga olgan.

Jome masjidi Islom va Şarq me’morçiligining eng yaxşi an’analari asosida barpo etilgan. Majmua qiyofasida milliy naqşlar, şarqona gumbazlar, baland minoralar va zamonaviy quriliş yeçimlari uyğunlaşgan. Masjidning içki qismida esa islom xattotlik va naqqoşlik san’atining noyob namunalari keng qöllangan.

Masjid atrofidagi 4,2 gektar maydonda ham keng kölamli obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Hududda yaşil maydonlar, sayr yölaklari, dam oliş maskanlari, zamonaviy yoritiş tizimlari, favvoralar va manzarali inşootlar barpo etilyapti.

Ta’kidlanişiça, Özbekiston tomonidan qardoş Qozoğiston xalqi va Turkiston ahliga tuhfa sifatida qurilgan uşbu masjid ikki davlat örtasidagi köp asrlik döstlik, madaniy yaqinlik, yaxşi qöşniçilik va ittifoqçilik munosabatlarining yorqin timsoli hisoblanadi.
Taşrif davomida Qur’oni karim oyatlari tilovat qilinib, ikki qardoş xalq tinçligi va farovonligi uçun duo qilindi.





















