Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyatlardagi davlat idoralari rahbarlariga xizmat uylari barpo etiladi
Arxiv surat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni joylardagi ijroiya hokimiyati va davlat idoralari rahbarlari uchun uy-joy qurish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb yozmoqda Gazeta.uz.
Hujjatga ko‘ra, xizmat turarjoy fondlari 2017—2018 yillarda namunali loyihalar asosida barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, davlat idoralarining hududiy (viloyat) boshqarmalari rahbarlari uchun 0,06 ga maydonga bir qavatli, beshxonali uylarni barpo etish, tuman (shahar) hokimiyatlari rahbarlari va davlat idoralarining tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari uchun 0,02 ga maydonda ikki qavatli, to‘rt xonali to‘silgan uylarni qurish belgilangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jami 312,4 mlrd so‘mlik 1684 ta turar-joy barpo etiladi (shu jumladan 210 ta viloyat darajasidagi rahbarlar uchun).
Qurilish ishlarini moliyalash manbalari sifatida (joylardagi ijro hokimiyati idoralari rahbarlari uchun) mahalliy byudjyet mablag‘lari, (MXX hududiy boshqarmalari rahbarlari uchun) davlat byudjyeti hamda IIV, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Bosh prokuraturaning byudjyetdan tashqari mablag‘lari ko‘rsatilgan
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024