Pensiyalar oshiriladi, yordamga muhtoj aholi qatlamlari qo‘llab-quvvatlanadi - yangi farmon e'lon qilinishi kutilmoqda
Pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshirilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilinishi kutilmoqda.
Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, prezidentning yangi farmonida «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yanada kuchaytirish maqsadida hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 400 mingdan ko‘proq oilalarga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilanmoqda.
Farmonda 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi sonini 2 barobarga oshirish, bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalarning amaldagi sonini oshirish, moddiy yordam oluvchi kam ta'minlangan oilalarning amaldagi sonini ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
15:14 / 25.07.2024
Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi
11:03 / 08.06.2024