Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqining 1,8 trillion yevrolik 7 yillik budjeti tasdiqlandi
Foto: PixNio
Yevroparlament Bryusseldagi sessiyasida Yevropa ittifoqining 7 yillik budjetini tasdiqladi. Koronavirus pandemiyasidan keyin tiklanish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga olgan budjet qiymati 1,8 trln yevroni tashkil qiladi.
Yevrokengash tomonidan dekabr boshida ma'qullangan budjet Yevroparlament tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi.
2021-2027 yillarga mo‘ljallangan budjetning asosiy qismi 1,074 trln yevroni tashkil qiladi va ko‘p sohalarning moliyalashtirilishini o‘z ichiga oladi. Yana 750 mlrd yevro Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarga koronavirusga qarshi kurashga ajratish ko‘zda tutilgan.
Budjetda, shuningdek, Yevropa ittifoqining 10ta muhim dasturiga, jumladan sog‘liqni saqlash, “yashil iqtisodiyot” va hujjatlarni raqamlashtirishga o‘tish uchun qo‘shimcha 15 mlrd yevro ajratilishi ko‘zda tutilgan. Yevropa parlamenti prezidenti Devid Sassoli ushbu budjetni “tarixiy ondagi tarixiy budjet” deb atadi va u “ekologik tozaroq va adolatli Yevropaga” asos solishini aytdi.
Yevroparlament, shuningdek, qo‘shimcha Umumevropa soliqlarini kiritish bo‘yicha yo‘l xaritasini qabul qildi. Bu soliqlardan olinadigan mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri Yevropa ittifoqi budjetiga tushadi. Jumladan, plastik chiqindilarga 2021 yildan, raqamli kompaniyalarga 2023 yildan va moliyaviy tranzaksiyalarga 2026 yildan soliq kiritishga kelishilgan.
Mavzuga oid
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
10:40 / 04.12.2025
Maktab va bog‘chalar qurilishini moliyalashtirish mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
14:41 / 03.12.2025
“Hech kim bizga kredit bermasdi” - Jamshid Qo‘chqorov avvalgi ma’muriyat davridagi budjet profitsiti haqida
15:36 / 28.11.2025