2025 yil 26 dekabr kuni “Özbekiston Respublikasining ‘2026 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida’gi qonuni ijrosini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori (PQ–388-son) qabul qilindi.

Qaror bilan 2026 yilda 2-darajali budjet mablağlarini taqsimlovçilarga ajratiladigan budjet mablağlarining çeklangan miqdorlari tasdiqlandi. Şuningdek, 2026 yil uçun respublika budjeti, Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablağlarining yöl qöyiladigan eng kam miqdorlari belgilandi.

Hujjatda 2026 yil uçun Özbekiston davlat budjeti daromadlari prognozi ham tasdiqlangan. Şu bilan birga, 2026 yilda foyda va qöşilgan qiymat soliqlari töliqligiça respublika budjetiga yönaltiriladigan yirik soliq tölovçilar röyxati ma’qullangani qayd etildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi soliq turlari böyiça daromadlar prognozining oşirib bajarilgan qismi Qoraqalpoğiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari hamda Toşkent şahri şahar budjetida belgilangan miqdorlarda qoldiriladi. Jumladan, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği va foyda soliği böyiça oşirib bajarilgan tuşumlar töliq hajmda mahalliy budjetlarda qoldiriladi.

QQS böyiça esa Qoraqalpoğiston Respublikasida daromadlar prognozining oşirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi tegişli mahalliy budjetlarda qoldirilişi belgilandi.