Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tizimi ishga tushadi
Prezident farmoniga asosan, 2026 yil 1 yanvardan boshlab biznes boshlash niyatidagi shaxslar “yagona darcha”ga murojaat qilganida ular 7 ta turdagi xizmatdan shu yerning o‘zida foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Foto: Getty Images
O‘zbekistonda tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni soddalashtiriladi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.
2026 yil 1 yanvardan e’tiboran “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etilib, o‘z biznesini ro‘yxatdan o‘tkazayotgan tadbirkorlarga shu vaqtning o‘zida birvarakayiga quyidagi xizmatlar ham taklif etiladi:
- elektron raqamli imzo kalitini berish;
- bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish va ularni faollashtirish;
- ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma olish uchun ariza yoki xabarnoma yuborish;
- ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
- qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi guvohnomasini olish;
- onlayn nazorat-kassa mashinalarini masofadan turib sotib olish va ularni soliq organlarida onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish;
- yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yish.
Bu xizmatlardan foydalanish tadbirkor uchun ixtiyoriy bo‘ladi. Tanlangan xizmatlar bo‘yicha yagona QR kod orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.