Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat va san'at sohasidagi biznesni moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi
Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining 9.07.2019 yildagi 570-son qarori bilan DXSh shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat madaniyat va san'at muassasalariga Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Hujjat Prezidentning 1.08.2018 yildagi PQ-3892-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan, unda DXSh asosida madaniyat va san'at muassasalarini barpo etishni rejalashtirayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga doir kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan. Ular uchun, boshqalar qatori, quyidagilar nazarda tutilgan:
• Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish;
• davlat madaniyat va san'at muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) ijara haqining “nol” stavkasida maqsadli foydalanish uchun berish (jami butun respublika bo‘yicha 57 ta obekt).
Subsidiyalar olish shartlari va ularning miqdori
Ularga DXSh shartlarida teatrlar, sirklar, hayvonot bog‘lari, madaniyat saroylari, konsert zallari, madaniyat markazlari tashkil etadigan tadbirkorlar-yuridik shaxslar talabgor bo‘lishi mumkin. Subsidiyalar xarajatlarning bir qismini qoplash uchun yillik daromadlar va xarajatlar hajmidan kelib chiqib, madaniyat muassasasini qurish va jihozlash hamda uni foydalanishga topshirish ishlari to‘liq yakunlangach ajratiladi.
Subsidiya olish uchun ariza berish va quyidagilarni ilova qilish zarur:
• ariza beruvchining - yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma;
• tijorat bankidagi hisobraqamlar rekvizitlari;
• Madaniyat vazirligi bilan DXSh to‘g‘risida imzolangan shartnoma nusxasi;
• tashkil etilayotgan madaniyat muassasasi to‘g‘risida ma'lumotlar: ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, kadastr hujjati, quvvati, tegishli yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan madaniy xizmatlar ko‘rsatish ro‘yxati va daromadlar prognozi, faoliyati boshlangan sana to‘g‘risidagi ma'lumotnoma, joylashgan bino va yer maydonlari hajmi, barcha xarajatlar, sh.j., kommunal xizmatlar bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar miqdorlari, hisob-kitoblar va ma'lumotlar;
• muassasani qurish va jihozlash hamda uni foydalanishga topshirish bo‘yicha barcha ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Subsidiyalar muassasa tomonidan joriy yilda qilingan xarajatlarga nisbatan quyidagi miqdorda ajratiladi:

Budjet subsidiyalari yuqorida ko‘rsatilgan miqdorda ajratiladi, biroq o‘z foydasi bilan qoplanmagan xarajatlar prognozining bir qismidan ortiq emas.
Xarajatlar summasini hisoblashda “Asosiy vositalar bo‘yicha xarajatlar” (dekoratsiyalar, mebel va rekvizitlar, butaforiya, teatr kostyumlari, poyabzallar, pariklar va boshqalar) hisobga olinmaydi.
Hujjat 10.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
13:26 / 17.12.2025
DXSh qonunchiligida tender va to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar tartibi o‘zgaradi
11:04 / 19.11.2025
«O‘zbekiston 2030 yildan ertaroq o‘rtachadan yuqori daromadli davlatlar guruhiga kirishi mumkin» - Jamshid Qo‘chqorov
21:28 / 18.11.2025
Samarqand viloyati elektr tarmoqlari 30 yilga Aksa Enerji boshqaruviga beriladi
09:35 / 17.08.2025