Toshkentda Spark piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi
Yunusobod tumanida Spark tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi.
Joriy yilning 19 iyul kuni soat 20:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi 1-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Poytaxt YHXB xabariga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan (erkak) D.R. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1960 yilda tug‘ilgan (ayol) G.Sh.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
07:35 / 14.11.2024
Minor masjidi qarshisida Spark va Captiva to‘qnashdi
08:50 / 24.09.2024
Toshkentda Spark va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi
10:34 / 23.09.2024
Chirchiqda kanalga tushib ketgan “Spark” chiqarib olindi
16:23 / 29.07.2024