Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilişiça, 22 sentabr kuni soat 20:40 atrofida “Spark” avtomaşinasida harakatlanayotgan haydovçi ehtiyotsizlik oqibatida Toşkent viloyati, Çirçiq şahar, Mirzo Uluğbek MFY hududidan oqib ötuvçi Zax kanaliga tuşib ketgan.
Holat böyiça FVBga kelib tuşgan xabarga köra qutqaruvçilar voqea joyiga yetib borgan.
“Çirçiq şahar FV bölimi qutqaruvçilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, hamkorlikdagi xizmatlar bilan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan çiqarib olindi. Avtomobilda haydovçining özi bölgan. Haydovçi avtomobil suvga tuşgan vaqtda öz harakatlari bilan quruqlikka çiqib olgan”, — deyiladi xabarda.
Rasmiylarga köra, hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yöq.
















