Joriy yilning 13 noyabr kuni soat 21:00 larda Yunusobod tumani KHAY köçasi Minor masjidi qarşisida yöl-transport hodisasi yuz berdi.

Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, 1990 yilda tuğilgan haydovçi N.X. boşqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi va 2004 yilda tuğilgan S.A. boşqaruvidagi Captiva rusumli  transport vositalari töqnaşgan.

YTH natijasida Spark transport vositasi haydovçisi birinçi tibbiy yordam körsatiş maqsadida şifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.