Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi
Uzbekistan Airways bilan o‘zingizga qulay kunda foydali va ishonchli sayohatni tanlang. Bir tomonga aviachiptalar narxi 4 mln 250 ming so‘mdan boshlanadi.
Foto: Uzbekistan Airways
Annyoxaseyo! Janubiy Koreya haqida nimalarni bilasiz? Kosmetika, K-Pop, doramalar, kimchi va ramen... Har kim o‘z tasavvurlari ro‘yxatini cheksiz davom ettirishi mumkin. Ammo bularning barchasi ortida ko‘p narsa yashiringan: boy madaniy meros, mehmondo‘st odamlar va unutilmas taassurotlar.
Seul – kelajak shahri, dunyoning moliyaviy poytaxtlaridan biri, o‘z tarixini asrab-avaylayotgan yosh va jo‘shqin megapolis. Bu yerda bir kunda mamlakatdagi eng baland osmono‘par binoni ko‘rish, XIV asrga oid saroyga tashrif buyurish, mahalliy stritfuddan (ko‘cha taomlari) tatib ko‘rish va xanbok – an’anaviy kiyimda ko‘chalarda sayr qilish mumkin.
Toshkentdan Seulga istalgan kuni parvoz qilish mumkin: Uzbekistan Airways har kuni aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Aviachiptalar narxi:
• Toshkent - Seul: 4 mln 250 ming so‘mdan;
• Toshkent - Seul - Toshkent: 7 mln 504 ming so‘mdan boshlanadi.
2025 yil 25 oktyabrgacha ushbu yo‘nalishda maxsus taklif amal qiladi: ekonom va biznes-klass yo‘lovchilari 15 kg.gacha bo‘lgan qo‘shimcha bagaj joyini o‘zlari bilan olib ketishlari mumkin. Buning uchun UzAirPlus a’zosi bo‘lishning o‘zi kifoya. UzAirPlusʼda saytda, ilovada yoki parvozdan oldin ro‘yxatdan o‘tish joyida atigi bir necha daqiqada ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Faol akkaunt hisobini ko‘rsatish kifoya va sizga oshirilgan yuk me’yori taklif qilinadi.
Uzbekistan Airways bilan Janubiy Koreyaning yorqin poytaxtiga sayohat qiling! Aviachiptalarni booking.uzairways.com sayti, Uzbekistan Airways ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali va aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:47 / 21.08.2025
Uzbekistan Airways yo‘lovchilar shaxsiy ma’lumotlari tarqab ketgani haqidagi xabarni rad etdi
19:00 / 14.08.2025
Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!
11:22 / 01.08.2025
Uzbekistan Airways Toshkent–Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi
21:59 / 28.07.2025