Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyotidagi nosozlik bo‘yicha ma’lumot berildi
Samolyot favqulodda vaziyat tufayli Istanbul aeroportiga qaytgan edi.
Foto: HavaSosyalMedia
Turkiyaning Istanbul shahridan Toshkentga 28 iyul kuni uchgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti favqulodda vaziyat tufayli aeroportga qaytdi.
HY-272 reysini amalga oshirayotgan Boeing 767 samolyoti havoga ko‘tarilganidan biroz o‘tgach, zaxira aeroporti - Anqara shahriga qo‘nmoqchi bo‘lgan. Havo kemasi ekipaji bortda favqulodda vaziyat yuz berganini anglatuvchi 7700 kodini qo‘ygan. Ekipaj kutish zonasida biroz parvoz qilgach, jo‘nab ketish aeroporti – Istanbulga qaytishga qaror qilgan. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 17:50 da aeroportga xavfsiz qo‘ngan.
Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilganidan so‘ng, uchishdan 1 soat o‘tib, 350-eshelon balandligida salon va kabinadagi bosimning beqarorligi haqida signalizatsiya tizimi ishga tushgan. Parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida, havo kemasi komandiri samolyotni jo‘nash aeroportiga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Ta’kidlanishicha, aviakompaniyaning texnik xizmatlari havo kemasini Toshkentdagi bazaga qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.
Qayd qilinishicha, ushbu reys yo‘lovchilari kutish davrida mehmonxonaga joylashtiriladi va zaxira havo kemasi orqali 29 iyul kuni Toshkentga yetkaziladi.
Mavzuga oid
11:34 / 19.02.2026
“Qizimizning jasadi topilsa, olib ketsak bo‘ldi” – Sayyoraning jasadi haligacha qidirilmoqda
11:57 / 13.02.2026
“Istanbul sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi” – Sayyora Ergashaliyevaning vafoti yuzasidan munosabat bildirildi
13:59 / 12.02.2026
Istanbuldagi qotillik ishida yangi holat: yana bir o‘zbekistonlik ayol bedarak yo‘qolgan
10:14 / 31.01.2026