Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Toshkent–Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi
Parvozlar chorshanba va shanba kunlari Airbus A320 havo kemalarida amalga oshiriladi.
Foto: Kun.uz
9 avgustdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent–Andijon–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, parvozlar chorshanba va shanba kunlari Airbus A320 havo kemalarida amalga oshiriladi.
Chipta narxi bir tomonga 248 000 so‘mdan, ikki tomonga 466 000 so‘mdan boshlanadi.
1978 yilda qurilgan Andijon aeroportida yaqinda rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi bitkazildi. Uzunligi 3,3 ming metr, kengligi 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘lagi va samolyotlar to‘xtash joyi qurildi.
Andijon aeroporti o‘tgan yillarda modernizatsiya qilingan 8 ta aeroportdan biri bo‘ldi. Avvalroq Samarqand, Termiz, Urganch, Shahrisabz, Mo‘ynoq, Qo‘qon, Zomin va Sariosiyo aeroportlari yangilandi.
Mavzuga oid
10:16 / 15.04.2026
Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
19:34 / 13.04.2026
Taekvondochi Yosinbek Odilov yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
19:30 / 13.04.2026
Eski shaharning yangi Zarqaynari – turizm ko‘chasidan reportaj
17:41 / 13.04.2026