Rossiya «Qambar ota-1» GES qurilishida ishtirok etmoqchi
Qirg‘izistonda qurilishi rejalashtirilgan ushbu GES Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston ishtirokidagi loyiha ekani aytilgan edi.
Rossiya «Qambar ota-1» GES qurilishida ishtirok etmoqchi. Bu haqda Qirg‘iziston parlamentining yoqilg‘i-energetika kompleksi, yer qa’ridan foydalanish va sanoat siyosati qo‘mitasi yig‘ilishida energetika vaziri Taalaybek Ibrayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat kelajakda 1860 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan GES qurish bo‘yicha megaloyihani boshlamoqda.
«Agar GES qurilsa, undan o‘zimiz foydalanamiz. Ishtirokchilar esa qurilishga qancha hissa qo‘shgan bo‘lsa, shuncha elektr energiyasi oladi. Hozir Rossiya ham bizga murojaat qildi va loyihaga qo‘shilib, moliyalashtirmoqchi», dedi Taalaybek Ibrayev.
6 yanvar kuni Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika vazirlari «Qambar ota-1» GES qurilishini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi.
Mavzuga oid
19:27 / 14.11.2024
O‘zbekistondagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist qonida is gazi izlari topildi – OAV
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
15:42 / 14.11.2024
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
23:24 / 13.11.2024