O‘zbekiston | 10:21 / 21.06.2021
2752
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda «Spark» haydovchisi to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay YPX xodimi ustiga mashina haydadi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Spark» haydovchisi YPX xodimining ustiga avtomobilni boshqargan video tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 19 iyun kuni soat 19:30 larda Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shohko‘chasida «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi YPX xodimi B.Komiljonovning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatda davom etgan. 

YPX xodimi aloqa vositasi yordamida o‘zidan keyingi xodimga avtomobil ma'lumotlarini yetkazgan. YPX xodimi I.Bobabekov «Spark» avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatishiga qaramasdan, haydovchi xodimning ustiga avtomobilni boshqargan. Avtomobil kapotiga osilib qolgan I.Bobabekov taxminan 50—60 metr masofadan so‘ng tushib qolgan.

Haydovchi harakatini davom ettirib, hodisa joyidan ketib qolgan. YPX xodimi holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB YHXB boshlig‘iga ma'lum qilgan. Mazkur holat natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid