Özbekistonda jarima balli 12 ballga yetgan birinçi haydovçi guvohnomasidan ayriliş arafasida turibdi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.
“12,5 ball töplagan ekanman. 12 ballik tizim borligiga işonmasdim. YHXBga çaqirişdi. Öz közim bilan körib, ballik tizim işlaşiga işonç hosil qildim. Mening işim endi sud orqali körib çiqilarkan. Haydovçilik guvohnomam “reşat” bölişi mumkin”, degan u.
Kun.uz YHXXdan olgan ma’lumotga köra, bu şaxs Surxondaryo viloyatida istiqomat qiladi.
Hozirda respublika böyiça 11 nafar haydovçi hisobidan 8-10 oraliqda jarima ballari bor. Ularning 5 nafari Toşkent şahri, 3 nafari Surxondaryo viloyatidan. Namangan, Samarqand va Toşkent viloyatlarida bunday qoidabuzarlar soni hozirça bir nafardan.
Eslatib ötamiz, 2025 yil 1 iyundan boşlab YHX xodimlari qöl rejimida tuzgan bayonnomalar böyiça ball hisoblaş boşlandi. 2026 yil 1 apreldan e’tiboran esa, foto va videoradarlar orqali qayd etilgan ayrim turdagi yöl harakati qoidabuzarliklari uçun ham jarima ballarini hisoblaş boşlandi.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 34-1-moddasiga köra, bir yil içida jarima ballari 12 ballga yetgan haydovçilar kamida 6 oy muddatga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi.
Maşina sizniki, rulda boşqa odam: jarima balli haqiqiy huquqbuzarga yozilişi uçun nima qiliş kerak?

















