Energotariflar böyiça mavhumlik va budjeti kesilgan futbol - hafta dayjesti
|14:00 / 26.04.20268 77413 min
Aprel tugayapti, rasmiylar esa sukutda: elektr va gaz tariflari bu yil oşmaydimi? Özbek futbolida ötiş davri: futbolçilarga budjetdan oylik tayinlandi. Toşkent köçalarida yana bir yangilik: dökonlar qarşisidagi avtoturargohlar pulli böladi. Kattalaşib borayotgan xavfsizlik muammosi: Rossiya armiyasiga yollangan özbeklar soni 5 mingga yaqinlaşdi.
Yakunlangan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Mahalliy tovarlarni arzonlaştiriş vazifasi qöyildi
Inglizlarda “yangilik yöq bölsa, şuning özi yaxşi yangilik” degan gap bor. 1 may sanasiga tört kun qoldi, lekin elektr energiyasi va gaz tariflari oşişi böyiça hozirça rasmiy xabarlar bölmadi. Qonunçilik böyiça, monopol tovarlarning oşirilgan narxlari kuçga kirişidan kamida 15 kun oldin e’lon qilinişi kerak.
Joriy şart-şaroitlardan kelib çiqsak, narxlar kötarilişini keçiktiriş uçun yetarli asoslar bordek körinadi. Avvalo, özi şundoğam Yaqin Şarqdagi uruş qöşimça inflyatsion bosim yaratgani, şunga muvofiq mart oyi oxiridagi yiğilişda ham, juma kungi selektorda ham inflatsiyani jilovlaş böyiça davlat rahbari tomonidan qat’iy topşiriq berilganini qayd etiş kerak. “Agar inflatsiya oşib boraversa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy özgariş sezilmaydi”, dedi Şavkat Mirziyoyev. Prezident narx-navo barqarorligini saqlaş uçun mahalliy tovarlarni arzonlaştiriş şartligini aytdi.
Ayni paytda, energetika sohasi rasmiylari köz-köz qilayotgan yutuqlar ham mantiqan olib qaraganda tariflarga ijobiy tomondan ta’sir qilişi kerak. Masalan, “Özbekneftgaz” şu hafta ötkazgan matbuot anjumanida tizimda samaradorlik oşgani, trillionlab mablağ tejab qolinganini e’lon qildi. Energetika vazirligi esa duşanba kungi bayonotida yil boşidan beri quyoş va şamol elektr stansiyalarida işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi 37 foizga oşib, 3 mlrd kWh'ga yetganini
. Bular e’tirofga loyiq albatta, lekin piar qilinayotgan yutuqlar oxir-oqibat tariflar va xizmat sifatida aks etmas ekan, iste’molçi uçun quruq raqamlar bölib qolaveradi.
Bundan taşqari, energetik tovarlar narxlari 2024-2025 yillarda sezilarli oşgani – ketma-ket uçinçi yil ham narx oşirişga qançalik zarurat bor, degan savolni örtaga çiqaradi. Lekin unutmaslik kerakki, hukumat energotovarlar narxini har yili oşirib borişini qonunçilik darajasida belgilab bölgan. Vazirlar Mahkamasining ötgan yilgi qaroriga asosan, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1 mayda inflatsiya darajasiga muvofiq, lekin 10 foizdan köp bölmagan miqdorda oşirilişi közda tutilgan. Ma’lumot uçun, mart oyi yakunlariga köra, yillik inflatsiya 7,1 foizni taşkil etyapti.
“Özbekneftgaz”: Futbolga yiliga 200-300 mlrd söm berardik
Energetika tariflari haqida gap ketganda, özbekistonliklar yillar davomida gaz va benzinga pul tölaş orqali aslida futbol klublarini ham boqib kelganini aytiş örinli. Duşanba kungi matbuot anjumanida “Özbekneftgaz” futbol klublariga pul ajratişni töxtatganini rasman tasdiqladi.
Kompaniya raisi örinbosari Suhrob Hamroyevning aytişiça, bunga qadar “Özbekneftgaz” 3–4 ta futbol klubiga har yili 200–300 mlrd söm ajratib kelgan. 2026 yil 1 yanvardan boşlab esa, bu ajratmalar birdaniga, uzil-kesil töxtatilgan. “Özbekneftgaz”, şuningdek, “Bunyodkor”ning Rivaldo oldidagi qarzini ham tölamasligini ma’lum qildi.
Uşbu fonda, Superligadagi futbol klublari ilk marta bevosita davlat budjetidan pul ola boşladi. Har bir klubga joriy mavsum uçun va’da qilingan 35 mlrd sömning birinçi qismi tölab berilgan. Ma’lum bölişiça, soliq tölovçilar hisobidan pul berayotgan hukumat klublar oldiga muayyan talablarni qöygan: davlat bergan mablağ hisobidan heç qaysi futbolçiga 27 mln sömdan ortiq maoş berib bölmaydi. 1 apreldan boşlab futbolçilar daromad soliğidan mutlaq ozod qilinganini hisobga olsak, ular ajratilgan 27 mln sömni töliqligiça olişlari mumkin. Lekin bunaqa maoşga könişadimi-yöqmi, bu albatta boşqa masala.
Özbek futbolida dabdurustdan boşlanib ketgan bu özgarişlarga nima turtki bergani haqida miş-mişlar bolalay boşlagan. Gap-sözlarga qaraganda, iştahasi karnay mahalliy murabbiylardan biri öziga 350 mln söm oylik maoş, qöşimçasiga jamoaning har bir ğalabasi uçun yana şunçadan mukofot puli yozdirgan, bu esa pul beruvçilarda haqli e’tirozlar uyğotgan. Va yana aytişlariça, poytaxt klublaridan birida legioner futbolçilar bunaqa maoşni eşitib maşğulotlarda qatnaşişdan boş tortibdi.
Qisqasini aytganda, futbolimizda – ötiş davri keçayotgandek. Mavzu böyiça töliqroq tafsilotlar bilan Ötkir Jalolxonov şarhida tanişişingiz mumkin.
Bank kartalarini işlatişga qöşimça rağbat
Özbekistonda aholining qarz yuki oxirgi yillarda keskin oşgani heç kimga sir emas. Şu sababli, “kartamga pul taşlasam, kreditga yeçib oladi” deya, naqd oldi-berdini afzal köruvçilarni tez-tez uçratiş mumkin. Albatta, olingan qarzni vaqtida qaytariş kerak, va umuman, qarz olişda yetti ölçab bir kesgan ma’qul. Lekin hozir gap bu haqda emas. Gap şundaki, endi kreditdan qarzi borlar ham qörqmasdan kartasida ma’lum miqdorda pul olib yursa bölaveradi.
Yangi tartibga köra, endi kredit, nasiya yoki boşqa majburiyatlarga ega şaxsning bank kartasidan avtomatik ravişda pul yeçib olinganida, balansni nolga tuşirib qöyiş taqiqlandi. Bunda, pul yeçib olinganidan keyin karta hisobida BHMning kamida 3 barobari, ya’ni 1 mln 236 ming söm mablağ qolişi şart.
Agar kartadagi pul şu miqdordan kam bölsa, avtomatik yeçib oliş röy bermaydi. Uşbu tartib hozirça Uzcard kartalariga taalluqli, tez orada Humo tölov tizimi ham bu haqda e’lon qilişi aytilyapti.
Taxmin qiliş mumkinki, bu yangilik – 1 apreldan kuçga kirgan naqd pulsiz savdo talablari bilan boğliq. Çunki hatto yoqilği, alkogol va tamaki kabi maişiy tovarlar savdosi ham töliq naqdsiz şaklga ötkazilgani sabab, şu paytgaça bank kartasidan foydalanmay kelgan köpçilikda endi karta olişga jiddiy ehtiyoj paydo böldi.
Boşqa bir yangilik – banklar va tölov taşkilotlarining mobil ilovalariga nisbatan 22 apreldan kuçga kirgan talablar bilan boğliq. Bundan buyon moliyaviy ilovalarda röyxatdan ötiş uçun telefon raqamingiz faqat özingiz yoki yaqin qarindoşingiz nomida bölişi kerak. Raqam egasini özgartiriş xizmatiga ehtiyoj ortgani sabab, bu xizmatning raqamli şakli işga tuşirildi. Ya’ni avvallari telefon raqamni boşqa odamning nomiga ötkaziş uçun kompaniya ofisiga boriş kerak bölgan bölsa, endi buni MyGov orqali ham amalga oşiriş mumkin. Portaldagi statistikaga qaraganda, sanoqli kunlar içida bu xizmatdan foydalaniş uçun 24 mingdan ortiq ariza kelib tuşgan.
Budjetga qöşimça daromad manbayi
Özbekistonda uç nafar haydovçi jarima ballari sabab birinçilardan bölib guvohnomasidan ayriliş arafasida turibdi. Bu – 1 apreldan boşlab kamera va radarlar ham jarima ballari yoza boşlagani bilan boğliq. YHXXga köra, oy boşidan beri qariyb 23 mingta haydovçi 5 balldan töplab ulgurgan. Yana uçta aşaddiy qoidabuzar hisobida allaqaçon 10 ball bor. 12 ballik limitni töldirib qöyiş holati esa hozirça qayd etilmadi.
Eslatib ötamiz, bir yil içida haddan taşqari köp qoidabuzarlik sodir etib, 12 ball töplab ulgurgan şaxslar kamida 6 oyga haydovçilik guvohnomasidan mahrum qilinadi. Bu muddat tugaganidan keyin guvohnoma oliş uçun qayta imtihon topşirişiga töğri keladi. Guvohnomasiz rulga ötirgan taqdirda, u yana kameralar ta’qibi ostida böladi: rasmiy ma’lumotlarga köra, allaqaçon 192 kişi guvohnomasiz maşina boşqargani kameralar orqali aniqlanib, tegişli tartibda javobgarlikka tortilgan.
Haydovçilarga oid yana bir yangilik – Toşkentdagi avtoturargohlar bilan boğliq. Poytaxtda savdo va xizmat körsatiş obektlari oldidagi avtoturargohlar yagona boşqaruv tizimiga ulanyapti. Yöl harakatini taşkil etiş markazi xabariga köra, bu orqali avtoturargohlarni tartibga keltiriş va yagona qoidalarni joriy etiş maqsad qilingan. Qisqasini aytganda esa, dökonlar va restoranlar qarşisidagi avtoturargohlar pulli bölişi kutilyapti. Rasmiy xabarda tölov miqdorlariga aniqlik kiritilmagan, faqatgina tajriba-sinov bosqiçidagi loyiha şahar budjeti uçun “qöşimça daromad manbayi” ekani qistirib ketilgan. Kelib tuşgan mablağlar şahardagi yöllarni yaxşilaş uçun işlatilişi aytilyapti.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Surxondaryoda kondan sizib çiqqan neft daryo özaniga oqib ketdi. Yodingizda bölsa, dekabr oyi oxirlarida Boysunda Eriell kompaniyasi pudratidagi M25 konidan neft yer yuzasiga sizib çiqa boşlagan, natijada uni saqlaş uçun tuproqdan dambalar qurilgan edi. Ötgan vaqt davomida hovuzdagi neftni maxsus texnika yordamida taşib ketiş yölga qöyilgan. Lekin 23 aprel kuni kuçli yoğingarçilikdan keyin sel kelib, dambalarni yuvib ketgan, natijada neft aralaşgan suv avvaliga Bandixonsoyga, undan ötib Surxondaryoga quyilgan. Hovuzlarning dambalari öşa kunning özidayoq töliq tiklanib, suvga neft oqişi töxtatilgan, deyiladi Suv xöjaligi vazirligi xabarida.
Çorvoq suv ombori böyida kurort-şaharça qurilişiga navbatdagi yaşil çiroq yoqildi. Ma’lum bölişiça, Ekologik ekspertiza markazi 10 fevral kuni “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasining birinçi bosqiçiga ijobiy xulosa bergan. Lekin bu hali loyihani boşlaş uçun rasman va töliq ruxsat olinganini anglatmaydi. Ekspertlar xulosasiga köra, kurort-şaharça qurilişining atrof-muhitga ta’siri qanaqa bölişi borasida köplab masalalarga hali aniqlik kiritiş kerak. Yakuniy tasdiqni oliş uçun investor qöşimça ravişda muhandislik-geologiya, gidrologiya, geodinamika, botanika va zoologiyaga oid tadqiqotlar ötkazişi, havo, suv, tuproq, bioxilma-xillik, transport yuklamasi va favqulodda holatlar böyiça hisob-kitoblarni taqdim etişi kerak.
Rossiya tomonida Ukrainaga qarşi uruşayotgan özbekistonliklar soni 5 mingga yaqinlaşib qoldi. Ukrainaning “Xoçu jit” loyihasi xabariga köra, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolab, Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etgan yoki iştirok etayotgan Özbekiston fuqarolari soni 4853 nafarni taşkil etadi. Bu – Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori körsatkiç. Umumiy hisobda, jami 13 mingga yaqin markaziy osiyolik frontga jönatilgani aytilyapti. Bir qator faollar nuqtayi nazariga köra, bu raqamlarning kattaligi – kelgusida mintaqamiz uçun xavfsizlik muammolarini yaratişi mumkin. Ayniqsa Özbekistonda, uruşga yollangan şaxslarga köplab holatlarda ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlanayotgani tarmoqlarda tez-tez muhokamalarni keltirib çiqaryapti.
Özbekistonda çet elliklarga auksion orqali yer ijara huquqini sotiş töxtatiladi. Bu haqda seşanba kuni davlat rahbari huzuridagi taqdimotda ma’lum qilindi. Unga köra, bundan buyon xorijiy investorlar qişloq xöjaligi yerlarini auksion orqali ijaraga ololmaydi. Ular faqat viloyat hokimliklari orqali, kamida 10 mln dollar investitsiya kiritiş hamda yaylov, lalmi va foydalanişdan çiqqan yerlarni aylanmaga qaytariş şarti bilan, ikkilamçi ijaraga yer olişi mumkin. Bu qaror milliy manfaatlarni himoya qiliş maqsadi bilan izohlandi. Eslatib ötamiz, oxirgi vaqtlarda Özbekistonda fermerlik bilan şuğullanişga ayniqsa xitoyliklarning qiziqişi ortib borayotgani turli xavotirlarga sabab bölib kelayotgan edi.
Oxirgi yillarning eng yirik firibgarlik jinoyatlaridan biri –“Credit House” işida sud hukmi öqildi. Yakkasaroy tuman sudi ikki nafar sudlanuvçi, xususan firibgarlik sxemasiga boşçilik qilişda ayblangan Dmitriy Bajyenovni 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Yana uç kişiga 8 yildan berildi. Tergov xulosasiga köra, aybdorlar 1766 kişini jami 486 mlrd sömga çuv tuşirgan. Bunda, quruvçi kompaniyalar va xaridorlar örtasida vositaçilik qilgan firmalar hali bitmagan uylarni uzoq muddatga bölib tölaşga sotiş bilan şuğullanib kelgani aytilmoqda. Eslatib ötamiz, şu kabi firibgarlik holatlarining oldini oliş uçun, uluş kiritiş asosidagi uy-joylar qurilişida 2026 yil 1 yanvardan boşlab eskrou tizimiga majburiy ravişda töliq ötilişi kerak edi, lekin tegişli qonun haligaça qabul qilingani yöq.
Muallif – Komron Çegaboyev
Boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Boymirza Xalilov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi