Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Lavrov O‘zbekistonga kelyapti. U Shavkat Mirziyoyev va Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar o‘tkazadi
Foto: Sergey Savostyanov/TASS
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2020 yilning 12-13 yanvar kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi, deb yozmoqda TASS.
«Vazir O‘zbekiston prezidenti tomonidan qabul qilinadi. Ushbu davlat tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar olib boriladi», - dedi u.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, rejalashtirilgan muloqotlar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning barcha jihatlari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. «Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida, 2018 yil 18 oktabr kuni erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, 2020 yilga rejalashtirilgan tadbirlarga alohida e'tibor beriladi», - dedi Rossiya TIV rasmiy vakili.
Uning ta'kidlashicha, ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan bo‘lib, u tashqi siyosatning ko‘p tomonlama va mintaqaviy yo‘nalishlarida yondashuvlar hamda faoliyatini muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi. «Bu o‘zaro hamkorlik Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida mavjud bo‘lgan strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasining ifodasidir», - deya xulosa qildi diplomat.
Zaxarova Rossiya diplomatik idorasi rahbari RF TIV «MGIMO» Toshkent filialining o‘qituvchilari va talabalariga ma'ruza o‘qishini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov «RIA Novosti»ga mamlakat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishdan foyda ko‘rishi mumkin ekani, bu masala hozir qizg‘in muhokama qilinayotganini xabar bergandi.
«Hozir bu masala o‘rganilmoqda, sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari keyinchalik taroziga qo‘yiladi va qaror qabul qilinadi», - dedi Ne'matov «RIA Novosti»ga.
Mavzuga oid
07:38
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
09:23 / 04.05.2026
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026