Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşilişdan foyda körişi mumkin, bu masala hozir qizğin muhokama qilinmoqda. Bu haqda «RIA Novosti»ga Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov xabar berdi.
«Hozir bu masala örganilmoqda, sinçkovlik bilan örganilmoqda. Örganiş natijalari keyinçalik taroziga qöyiladi va qaror qabul qilinadi», - dedi Ne'matov «RIA Novosti»ga.
Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosarining sözlariga köra, şaxsan özi YeOIIga kirişni yoqlaydi
«Özbekiston iqtisodiyoti, sanoati, qişloq xöjaligi ösib bormoqda. Eksport köpaymoqda. Bizga bozor kerak, öziga xos maydon kerak. Bu joy qayerda? Qozoğistonda, Rossiyada, Qirğizistonda, u ham YeOII a'zosi. Şuning uçun töğridan-töğri aytaman - iştirok etiş tarafdoriman. Faqat iqtisodiy manfaatlardan kelib çiqqan holda... Yana bir muhim omil - demografiya. Aholi ösib bormoqda, har yili 700 ming kişiga köpaymoqda. Tabiiyki, biz mutanosib ravişda 700 ming kişini iş bilan ta'minlay olmaymiz. Bu nimaga olib keladi? Migratsiyaga. Xalqimiz qayerga ketmoqda? Rossiyaga, Qozoğistonga. Bu omil, şuningdek, Özbekistonning YeOII bilan yaqin aloqalarni saqlaşini ham belgilaydi. U yerda a'zo davlatlar, migrantlar uçun boşqaça şaroitlar mavjud. Şuning uçun, menimça, uşbu şartlardan kelib çiqqan holda qaror qabul qilişimiz kerak», - deya ta'kidlab ötdi u.
Uning sözlariga köra, bu boradagi muzokaralar yaqin kelajakda yakunlanişi mumkin.
«Hozirda, menimça, (masala) jadallaşmoqda. Yaqinda Siluanovning (RF moliya vaziri Anton Siluanov - tahr.) jamoasi Samarqandda böldi, dekabr oyining boşida. Bu muzokaralar davom etayotganini anglatadi. Ehtimol, ular tez orada yakunlanadi. Öylaymanki, yaqin kelajakda yakunlanadi», - dedi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ilhom Ne'matov YeOIIga kirişga heç kim bizni majburlay olmasligi haqida aytib ötgandi.
«Ötgan safar ham aytganman, yana qaytarib aytaman. Yevrosiyo ittifoqiga kirişga bizni heç kim majburlay olmaydi. Çunki Özbekiston – nihoyatda salohiyatli, nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda katta obröga ega bölgan davlat. Manfaatlarimizga javob bersagina kiramiz. Hozirgi kunda ekspertlar tomonidan bu masalaning ijobiy tomoni, salbiy tomoni örganilyapti. Örganiş natijasi taroziga qöyilgandan keyin, ijobiy tomoni tarozi pallasini bosib ketsa, biz [ittifoqqa] kiramiz, salbiy tomoni bosib ketsa, demak, uni öylab köramiz. Lekin Özbekistonning iqtisodi tobora kengayib bormoqda, ösib bormoqda. Buning uçun nima kerak? Bozor kerak, maydon kerak. Asosiy maydon qayerda? Qozoğistonda va Rossiyada. Şundan kelib çiqqan holda iqtisodiy manfaatimizga javob berişini öylab bu taşkilot bilan yaqin hamkorlik qilişimiz kerak», - degandi Ilhom Ne'matov Kun.uz’ga bergan izohida.












