Jamiyat | 00:06 / 02.04.2020
20348
2 daqiqa o‘qiladi

Adliya vaziri maxsus ruxsatnoma uchun DXMga bormaslikni so‘radi

Ruslanbek Davletov fuqarolardan maxsus ruxsatnomani olish uchun karantin qoidalarini buzib, DXAga bormasliklarini so‘radi. Bepul xizmatdan elektron shaklda foydalanish mumkin va buning uchun elektron imzo ham talab qilinmaydi.

Foto: davletovuz Telegram-kanali

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov «O‘zbekiston 24» telekanaliga intervyu berdi.

«Avtotransport cheklovini yuz foiz to‘xtatib bo‘lmaydi. Oziq-ovqat xavfsizligi kabi eng muhim holatlarda avtotransport harakati kerak. Faqat suiiste'mol bo‘lmasligi uchun biz mezonlarni kiritishga majburmiz.

Eng og‘ir sharoitlarni belgilaganimizda ham suiiste'molga harakat qilish holatlari bo‘lyapti. Shuning uchun bir narsani murojaat qilib aytmoqchimiz: fuqarolarimiz biron bir holatda ham Davlat xizmatlari markazlariga bormasliklari kerak.

Oldin elektron xizmat ko‘rsatishda elektron imzo shart bo‘lardi. Oson bo‘lishi, bemalol murojaat qilish uchun hozir buni ham bekor qilganmiz.

[Maxsus ruxsatnoma] tayyor bo‘lsa, rad qilinmaydigan holatda biz o‘zimiz tegishli xabarni yuboramiz. Kerak bo‘lsa, o‘zimiz olib borib beramiz. Ya'ni karantin qoidalarini buzib, Davlat xizmatlari markazlariga kelishga ehtiyoj yo‘q», – deya Davletovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid