O‘zbekiston | 20:45 / 08.01.2024
24953
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident prokuratura organlarining bir guruh xodimlarni mukofotladi 

Ko‘p yillik fidokorona mehnati, qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun soha vakillari taqdirlandi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Prokuratura xodimlari kuni» munosabati bilan sohaning bir guruh xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Jumladan, 

«Mardlik» ordeni bilan

- Aminov Shoxrux Azamatovich - Bosh prokuror o‘rinbosari;

- Xamdamov Ulug‘bek Aslonovich - Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar prokurori. 

«Do‘stlik» ordeni bilan

- Yerniyazova Venera Tajyetdinovna - Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari. 

«Jasorat» medali bilan

- Abdilazizov Davronbek Maxmudjonovich - Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari;

- Buronov Nurbek Erkinovich - Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i. 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

- Boltayev Halim Husanboyevich - Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i

- Muratov Jaxongir Dilshatovich - Toshkent shahri, Chilonzor tumani prokurori;

- Sayfulloyev Erkin Xudoyorovich - Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari;

- Fayziyev Vaxob Kamolovich - Buxoro viloyati, Kogon shahar prokurorining katta yordamchisi. 

«Shuhrat» medali bilan

- Abduxakimov Murodullo Togayevich - Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i;

- Karimov Xurshid Akramovich - Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kafedra boshlig‘i;

- Qodirov Abdumo‘min Abdumajit o‘g‘li - Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani bo‘limi davlat ijrochisi;

- Tashpulatov Xurshid Sabirjanovich - Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahri, Yunusobod tumani bo‘limi boshlig‘i;

- Xabiljonov Ulug‘bek Xabiljon o‘g‘li - Toshkent viloyati, Angren shahar prokurori.

Mavzuga oid