Yiğilişda rağbatlantiriş mezonlari aniq bayon etildi. Unga köra, ixtisoslaşgan markazlar va ularning filiallarida:

  • klinik protokollarni ilğor tajriba asosida yangilaş;
  • yangi davolaş usullarini amaliyotga joriy etiş;
  • tuman–mahalla darajasida profilaktika va xizmatlarni töğri yölga qöyiş;
  • xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, mutaxassislar va investitsiyalarni jalb etiş;
  • markazlarni zamonaviy uskuna va laboratoriyalar bilan jihozlaş;
  • tibbiy xizmatlar eksporti hajmini bir neça barobar oşiriş kabi natijalarga erişgan rahbarlar alohida mukofot va e’tirofga loyiq deb topiladi.

Prezident ta’kidlaşiça, bunday yondaşuv poliklinika, tuman–viloyat şifoxonalari va respublika markazlarida raqobat va işçanlik muhitini kuçaytiradi, yaxşi tajribalarni ommalaştiradi, munosib soha vakillarini adolatli mukofotlaşni ta’minlaydi, jarayonga fuqarolarni ham faol iştirokçi sifatida jalb etadi.