Xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish boshlandi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ishlarni boshladi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.
O‘zbekistonliklarning 71 kishidan iborat birinchi guruhi Moskvadan Toshkentga 12 oktabr kuni 16:55 va 22:35da “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” aviareyslari bilan yetib keldi. Ularni aeroportda qarindoshlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakillari kutib olishgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 3839-sonli qarori bilan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi.
Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davomida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablag‘larsiz qolgan, og‘ir moddiy ahvolga uchragan fuqarolarga huquqiy va ijtimoiy himoya, shuningdek, moddiy yordam ko‘rsatish hisoblanadi.
2018 yil 5-8 sentabr Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining 19-kengashida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi hududiy organlarining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridagi taxminan 1500 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarishga ko‘maklashish haqida kelishuvga erishilgan edi.
Ta'kidlangan toifadagi shaxslar – bu og‘ir moddiy qiyinchilikka uchragan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga va yashash uchun mablag‘ga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir. Qaytarish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

10:51 / 09.12.2024
O‘zbekistonga xorijdan talabalarni jalb etish bo‘yicha maxsus platforma yaratiladi

17:13 / 05.12.2024
Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi belgilandi

07:33 / 04.12.2024
Xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

15:53 / 07.11.2024