Unda Özbekistonda raqamli texnologiyalar sohasidagi loyihani amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Kompaniya 2013 yilda Malayziya Oliy ta’lim vazirligi tasarrufidagi Ta’lim sohasidagi global xizmatlar agentligi bilan birgalikda mamlakatga xorijiy talabalarni keng jalb etişga qaratilgan maxsus EMGS STARS platformasi va EMGS Hub mobil ilovasini işga tuşirgan. Uşbu platformalar orqali Malayziyadagi xalqaro talabalar sonini 2012 yildagi 20 mingdan bugungi kunda 200 mingdan oşirişga erişildi.
Malayziya vakili Özbekistonga xorijiy davlatlardan talabalarni jalb etişga qaratilgan maxsus raqamli platforma va mobil ilovani yaratişga qiziqiş bildirdi. Uşbu loyihani amalga oşiriş imkoniyatlarini örganiş uçun kompaniya rahbari öz jamoasi bilan yaqin kunlarda Özbekistonga safar qiliş rejasini ma’lum qildi.
Dato Sri Leo Ariyanayakamning aytişiça, uşbu platformani işga tuşiriş natijasida Özbekistonda tahsil olayotgan xalqaro talabalar sonini hozirgi 6500 nafardan yaqin 3 yil içida 20 ming nafardan oşiriş, elikka yaqin mahalliy mutaxassislar uçun doimiy iş örinlarini yaratiş maqsad qilingan. Platforma dastlabki bosqiçda Özbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy öquv yurtlarining ingliz tilida olib boriladigan öquv dasturlari va yönalişlarini qamrab oladi.
"Geografik joylaşuvi va hozirgi taraqqiyot sur’atini hisobga olgan holda Özbekistonni Markaziy Osiyodagi ta’lim xabiga aylantiriş uçun katta salohiyat mavjud. Şuningdek, Özbekistonda xalqaro talabalar uçun mukammal platformaning yaratilişi köplab nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining mamlakat ta’lim sohasiga investitsiya kiritişiga hamda faoliyat körsatayotgan öquv yurtlarining yanada rivojlanişiga özining ijobiy ta’sirini körsatadi", dedi u.













