Jamiyat | 18:16 / 01.07.2017
21510
1 daqiqa o‘qiladi

Termiz hayvonot bog‘idagi Amur yo‘lbarsi bolaladi (video)

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 16 may kuni Termiz hayvonot bog‘ida parvarishlanayotgan Amur yo‘lbarslari uchtaga ko‘paydi. Ularga hali laqab tanlanmagan. Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur yo‘lbarslarni rangiga qarab ajratish mumkin ekan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘lbars bolalariga hayvonot bog‘i xodimi Dilbar Yo‘ldosheva qaraydi. Bolalarning onasi faqatgina mana shu ayolning qo‘lidan ovqatlanadi, unga injiqlik qilmaydi. 

Qizil kitobga kiritilgan Amur yo‘lbarslari tutqunlikda kamdan kam holatda ko‘payadi. Shu sabab mazkur voqea Termiz hayvonot bog‘i uchun katta voqea bo‘ldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur hayvonot bog‘ida noyob hayvonlar turi ko‘paygan.

Mavzuga oid