Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida yovvoyi çiyaböri yurgani aks etgan xabarlar tarqaldi. Keyinroq odamlarni xavotirga qöygan bu jonzot uşlanib, hayvonot boğiga topşirildi. Kun.uz muxbiri çiyabörining Toşkentda qanday paydo bölgani bilan qiziqib, hodisa tafsilotlarini örgandi.

Toşkent şahrida yovvoyi çiyaböri yurgani aks etgan xabarlar tarqaldi. Keyinroq odamlarni xavotirga qöygan bu jonzot uşlanib, hayvonot boğiga topşirildi. Kun.uz muxbiri hodisa tafsilotlarini örganiş maqsadida hayvonot boğida bölib, çiyaböri Toşkentda qanday paydo bölib qolgani bilan qiziqdi.

“Darxon atrofida yaşovçi aholi xavfsizligidan xavotir bildirib, şoqol yuribdi, bolalarimizga hujum qilişi mumkin, degan murojaatlarni bildirgaç, Ekologiya boşqarmasi zudlik bilan bu masalaga e’tibor qaratdi. Ular biz bilan boğlanişdi, çunki hayvonni uşlaş böyiça mutaxassislar bizda bor. Biz aytdik — şoqolni uşlaş oson emas, u odamlarga yaqinlaşmaydi. Agar yovvoyi bölsa, umuman körinmasligi ham mumkin.

15 oktyabrdan örganiş işlari boşlandi: u qayerda yaşayapti, qayoqqa bekinyapti, nima qilyapti — şular kuzatildi. Keyin Ekologiya boşqarmasi xodimlari Mirzo Uluğbek tumani Obodonlaştiriş boşqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda hayvonni uşlaş tadbirini ötkazdi. Şu tariqa, keçasi soat 23:00 larda şoqol uşlanib, Toşkent hayvonot boğiga olib kelindi”, — dedi Toşkent hayvonot boğining boşqaruvçi kompaniyasi boş direktori örinbosari Akmal Qurbonov.

Toşkent hayvonot boği mutaxassislaridan olgan ma’lumotlarimizga köra, uşbu hayvon ança vaqtdan beri şahar köçalarida muşuklar bilan yaşab yurgan.

“Endi bu hayvonni yovvoyi deb bölmaydi. Uşlaşdan oldin öşa hududda yaşovçi odamlar bilan suhbatlaşdik — köpçiligining aytişiça, bu şoqol bahorda, kiçikligidanoq şu yerda paydo bölgan. Odamlar köçadagi muşuklarni boqişarkan, şunda ovqat izlab kelgan. Keyin muşuklar bilan birga yeb-içib, qoçib yuradigan odat paydo bölgan. Hatto ayrimlar unga uya ham qöyişgan — it şekilli, yaşasin, deb. Lekin u yerda doimiy yaşamagan.

Bir kuni keçasi köçada daydi itlar muşuklarga hujum qilganda, muşuklar daraxtga qoçib ketgan, bu esa qayoqqa qoçişni bilmay, eski Konservatoriya tomonga qoçgan. Şu paytda uning surati ijtimoiy tarmoqlarga tarqab ketgan”, — dedi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bölgan Akmal Qurbonov.

Şoqol hayvonot boğiga olib kelinganidan söng, hozirgi kunda karantinda saqlanmoqda.