Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hukumat ixcham bo‘lishi kerak» – adliya vaziri
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov hukumat apparati nihoyatda kattaligi, bu ortiqcha xarajat va byurokratiya ekani borasida gapirdi.
5 oktabr kuni Toshkent shahrida «O‘zbekiston: besh yillik islohotlar» nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda adliya vaziri Ruslanbek Davletov hukumat ixcham bo‘lishi lozimligi haqida gapirdi.
«Kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida ham aytib o‘tmoqchi edim.
Buni birinchi darajali vazifa sifatida belgilab, muammo sifatida oldimizga qo‘yishimiz kerak. Hukumat ixcham bo‘lishi kerak. Biz juda katta davlat apparatini o‘zimizga... To‘g‘ri kelmaydi. Unga ketadigan xarajatlar juda ko‘p. Undan ko‘ra iqtisodni rivojlantirishga yo‘naltirishimiz kerak. Qancha davlat organi ko‘p bo‘lsa, shuncha iqtisodiyot yurib ketishi qiyin bo‘ladi. Tadbirkorning ishlashi qiyin bo‘ladi.
Davlat organi degani bu — byurokratiya degani. Bu qo‘shimcha vakolat, qo‘shimcha boshqaruv funksiyasi degani. Shuning uchun bu borada biz o‘sha botib ketgan qo‘llarimizni qaytarib olishimiz kerak! Bu byurokratiya natijasida korrupsiya, mana shu qo‘llardagi negativ faktorlarni yo‘qotishimiz kerak», — deya adliya vazirining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, u hukumat modernizatsiyasi haqida gapirdi.
«Hukumat modernizatsiyasi haqida gapirsak, nimaga hukumatga nisbatan modernizatsiya so‘zini ishlatdik? Chunki O‘zbekistonda oxirgi besh yilda davlat tashkilotlarining ishlash tizimi zamonaviylashdi.
Hozir ham aholining ehtiyoji juda yuqori. Talabga to‘g‘ri kelib uni qondirish nuqtayi nazaridan axborot resurslari va xizmatlar bo‘yicha (davlat organlarining asosiy vazifasi xizmat ko‘rsatish) oladigan bo‘lsak, qiladigan ishlarimiz ko‘p», — dedi vazir.
Mavzuga oid
08:22 / 28.07.2025
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
20:37 / 05.12.2024
Makron Fransiya hukumatini iste’foga chiqardi
19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi
11:17 / 20.11.2024