5 oktabr kuni Toşkent şahrida «Özbekiston: beş yillik islohotlar» nomli xalqaro konferensiya bölib ötdi. Unda adliya vaziri Ruslanbek Davletov hukumat ixçam bölişi lozimligi haqida gapirdi.
«Kelgusida qilinişi kerak bölgan işlar haqida ham aytib ötmoqçi edim.
Buni birinçi darajali vazifa sifatida belgilab, muammo sifatida oldimizga qöyişimiz kerak. Hukumat ixçam bölişi kerak. Biz juda katta davlat apparatini özimizga... Töğri kelmaydi. Unga ketadigan xarajatlar juda köp. Undan köra iqtisodni rivojlantirişga yönaltirişimiz kerak. Qança davlat organi köp bölsa, şunça iqtisodiyot yurib ketişi qiyin böladi. Tadbirkorning işlaşi qiyin böladi.
Davlat organi degani bu — byurokratiya degani. Bu qöşimça vakolat, qöşimça boşqaruv funksiyasi degani. Şuning uçun bu borada biz öşa botib ketgan qöllarimizni qaytarib olişimiz kerak! Bu byurokratiya natijasida korrupsiya, mana şu qöllardagi negativ faktorlarni yöqotişimiz kerak», — deya adliya vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, u hukumat modernizatsiyasi haqida gapirdi.
«Hukumat modernizatsiyasi haqida gapirsak, nimaga hukumatga nisbatan modernizatsiya sözini işlatdik? Çunki Özbekistonda oxirgi beş yilda davlat taşkilotlarining işlaş tizimi zamonaviylaşdi.
Hozir ham aholining ehtiyoji juda yuqori. Talabga töğri kelib uni qondiriş nuqtayi nazaridan axborot resurslari va xizmatlar böyiça (davlat organlarining asosiy vazifasi xizmat körsatiş) oladigan bölsak, qiladigan işlarimiz köp», — dedi vazir.

















