Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma'lumotnoma qanday olinadi?
Jismoniy shaxs – soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma'lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Xizmatni ikki yo‘l bilan olish mumkin:
• Davlat xizmatlari markazlari orqali;
• Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (portalda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi).
Ikkala holatda ham doimiy yashash joyi (hudud va tuman/shahar nomi), F.I.O., jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (pasportda bo‘ladi), STIR, soliq obektining kadastr raqami, telefon raqami va elektron pochta manzili ko‘rsatilgan holda so‘rovnoma to‘ldiriladi. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilganda so‘rovnoma markaz xodimi tomonidan to‘ldiriladi. Bunga 10 daqiqa ketadi.
So‘rovnomadagi ma'lumotlar majburiy tartibda jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. Qulay bo‘lishi uchun Davlat xizmatlari markazi ERIni markazning o‘zida 40 daqiqa ichida rasmiylashtirib berishi mumkin, bunga EKIHning 10%i miqdorida haq to‘lanadi.
Keyin DSQ hujjatlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 ish soati mobaynida matrik shtrix kodli (QR-kodli) ma'lumotnomani rasmiylashtiradi. DSQ xodimiga tegishli ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjat Davlat xizmatlari markaziga (ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (YaIDXP yoki DSQ veb-saytiga murojaat qilinganda) yuboriladi. Davlat xizmatlar markazi elektron hujjat kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa ichida ariza beruvchiga uni qayta yuborishi shart, uning so‘roviga ko‘ra ma'lumotnomani qog‘oz va elektron shaklda taqdim etadi.
Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
Hujjat 15.10.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:55 / 04.11.2025
Xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati tuzildi
11:49 / 11.09.2025
Yoshlarga foizsiz qarz beriladi
12:29 / 26.08.2025
Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha umidsiz qarzlar onlayn hisobdan chiqariladi
11:40 / 23.07.2025