Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va Ekologiya qömitasi tomonidan çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlari sohasida tölov intizomini, qonun ijrosini ta’minlaş mexanizmlari hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga aniq manzilli savollar yöllandi.
Ma’lumki, “Ayrim qonun hujjatlariga çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlarini körsatiş sohasida tölov intizomini mustahkamlaşga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonunga muvofiq maişiy çiqindilar xizmati uçun majburiy tölov böyiça qarzdorlik mavjud bölgan taqdirda, iste’molçi mazkur qarzdorlik haqida SMS orqali ogohlantirilganidan söng 5 kun içida qarzdorlikni bartaraf etmasa, elektr energiyasi böyiça tölovlarni qabul qiliş vaqtinçalik töxtatilişi nazarda tutilgan.
Biroq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning HET ilovasida aholi tomonidan maişiy çiqindi xizmati böyiça qarzdorlik haqidagi ma’lumotlar aks etmayotgani, “Toza makon” elektron billing tizimi bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimi örtasida töliq integratsiya ta’minlanmagani, şuningdek, ayrim iste’molçilarda çiqindi xizmati böyiça şartnoma mavjud emasligi hamda abonent hisobraqamlaridagi noaniqliklar jamoatçilikda taşviş tuğdirmoqda.
Yuqoridagi holatlardan kelib çiqib, Senat qömitasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligiga hamda Energetika vazirligiga ma’lumotlar almaşinuvi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan aniq ma’lumot va ularni bartaraf etiş böyiça amaliy takliflar taqdim etiş söraldi.
Eslatib ötamiz, 1 avgustdan boşlab çiqindidan qarzi borlar elektr toki uçun tölov qilolmaydigan amaliyot işlay boşlaydi. Yangi tartibga köra, çiqindini olib çiqib ketiş xizmatidan qarzi bor iste’molçilarga har oyning 5-sanasigaça SMS yuboriladi. Şundan keyin 5 kun içida qarzdorlik bartaraf etilmasa, iste’molçi elektr energiyasi uçun tölov qilolmay qoladi.
Kun.uz studiyasida suhbatda bölgan Çiqindilarni boşqariş agentligi rahbariyatiga köra, avgustdan boşlanadigan tartib içki identifikatsiyadan ötgan abonentlarga tatbiq etiladi va faqat iyul oyidan boşlab şakllangan qarzlarga taalluqli böladi. Iqtisodçi Otabek Bakirov yangilikni amalga kiritişdan oldin qilinişi kerak bölgan işlar bor edi deb hisoblagandi.
















