Birinçisi, tadbirkorlik uçun bino va inşootlarni quriş, ta’mirlaş va jihozlaş uçun 6 ming BHM miqdorida bölib-bölib tölaş şarti bilan
3 yilgaça muddatga ajratiladigan qarz.
Mazkur qarzdan bir neçta biznes loyihalari uçun foydalaniş ham mumkin. Qarz 2025-2026 yillarda tajriba tariqasida ajratiladi va buning uçun 30 mlrd söm yönaltirilgan.
Xöş, qarz kimlarga beriladi?
-ustav fondidagi uluşining kamida 50 foizi yoşlarga tegişli tadbirkorlarga;
-yaratiladigan iş örinlarining kamida 50 foiziga yoşlarni işga oladigan tadbirkorlarga.
Yoş tadbirkorlar yana quyidagi talablarga javob berişi kerak:
-tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi şkalasi böyiça sönggi 6 oy davomida uzluksiz kamida «BBB» (76 – 85 ball) körsatkiçga ega bölişi;
-qarzning 125 foizidan kam bölmagan mol-mulk garovini taqdim etilişi;
-24 oydan ortiq faoliyat körsatayotgan bölişi.
Ikkinçi turdagi qarz esa olis va çekka mahallalarda xorijiy tillarni örgatiş böyiça öquv markazlarini taşkil qiladigan tadbirkorlarga beriladi. Mablağning miqdori esa 320 BHM miqdorida böladi. Ikkinçi turdagi qarz esa quyidagi şaxslarga beriladi:
-YaTT oçib işlayotgan yoşlarga;
-ustav fondidagi uluşining kamida 50 foizi yoşlarga tegişli tadbirkorlarga.
-şuningdek, yoş tadbirkor xorijiy tillar böyiça kamida
S1 darajadagi sertifikatni olganiga ikki yildan oşmagan bölişi kerak.
Taşkil qilinadigan kurslarda öquvçilarning kamida 20 foizi “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlar bölişi kerak.
Qarz jamğarma va qarz oluvçi örtasida tuziladigan qarz şartnomasiga asosan 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgaça muddatga bölib-bölib tölaş şarti bilan beriladi.
Jamğarma berayotgan imtiyozli qarzlar yoşlarga öz biznesini boşlaş va rivojlantirişga xizmat qilişi lozim.












