Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya ham britaniyalik diplomatlarni chiqarib yuboradi – Lavrov
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniya xatti-harakatlariga javob chorasi sifatida britaniyalik diplomatlar ham mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Vazir Moskva britaniyalik diplomatlarni Rossiyadan chiqarib yuborishga tayyor ekaniga oid savolga javob berar ekan, «albatta» deb javob qaytargan. Bundan tashqari, uning bildirishicha, Rossiya tomoni YeI bilan hamkorlikka tayyor bo‘ladi, bunda sheriklar «amerikalik rusofob tendensiyalar, jumladan sanksiyalar hamda provokatsiyalarni to‘xtatishi» talab etiladi.
«Hozirda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan ro‘y berayotgan xatti-harakatlarga qo‘shilish manfaati ham yo‘qolishi kerak, ular oddiy odob-axloq normalaridan ham tashqariga chiqmoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Lavrov.
Mavzuga oid
12:25
Pechenej suv ombori to‘g‘oni Rossiya hujumi oqibatida zararlandi
21:54 / 06.12.2025
Putin dengiz blokadasi bilan tahdid qildi. RF armiyasi bunga qodirmi?
16:15 / 06.12.2025
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44 / 06.12.2025